Riberi jurnalistdan kechirim so'radi

Aslanov Jasurbek
15 noya 2018, 10:44
"Bavariya" yarim himoyachisi Frank Riberi Dortmundning "Borussiya"siga qarshi Bundesliganing 11-tur uchrashuvidan (2:3) so'ng sodir bo'lgan voqea uchun jurnalist Patrik Giyyudan kechirim so'radi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 15 noyabr kuni jurnalist Myunxen klubi ofisiga keldi, fransiyalik esa o'zini tutishi uchun undan kechirim so'radi. Shundan so'ng Giyyu sudga murojaat qilmasligini aytdi.

Eslatib o'tamiz, "Borussiya"ga qarshi bahsdan so'ng klub avtobusi oldida jurnalist Patrik Giyyu bilan uchrashdi. Ular janjallashib qolishdi va futbolchi hamyurtiga 3 marta shapaloq tushirdi va uning ko'kragiga zarba berdi.

Ma'lum bo'lishicha, jurnalist futbolchini "Borussiya"dan o'tkazilgan 3ta golning 2tasida aybdor ekanligini aytgan. Bu esa fransiyalikka yoqmadi. Xavbek va jurnalist anchadan beri tanish edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild