Riberi "Borussiya"ga qarshi o'ynay olmaydi

Narzulla Saydullayev
21 noya 2013, 17:30
"Bavariya" klubi yarim himoyachisi Frank Riberi Germaniya bundesligasining 13-turidan o'rin olgan Dortmundning "Borussiya" klubiga qarshi o'yinda maydonga tusha olmaydi.
30 yoshli futbolchi klubga Fransiya termasi safidan jarohat bilan qaytdi. Riberi qachon maydonga qaytishi noma'lum.

"Juda alam qilmoqda, sababi men "Dortmund"ga qarshi o'ynamoqchi edim. Ammo ishonchim komilki jamoam mensiz ham ijobiy natijaga erisha oladi", - deydi Riberi "Bavariya" klubi rasmiy sayti.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com