“Reynjers” to'purarini sotishga qaror qildi

Alfredo Morelos shotland klubini tark etadi.

“Reynjers” klubi jamoaning asosiy to'purari Alfredo Morelosning o'rniga boshqa hujumchi izlashni boshlab yubordi. Ma'lum bo'lishicha, futbolchining bir necha bor odob-axloq qoidalarini buzgani jamoa ustozi Stiven Jerrardning toqatini toq qilgan. Morelosning xizmatlariga “Sent-Eten”, “Kristal Pelas”, “Tottenxem” hamda “Sevilya”dan qiziqish bor.

Hujumchi joriy mavsum “Reynjers” safida 46 ta o'yin o'tkazib, 29 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 8 bor sariq kartochka olgan hamda 2 bor maydondan chetlatilgan.


Manba: Goal.com