Retkliff "Manchester Yunayted" ishchilarini 30%ga qisqartirmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
27 dek 2023, 19:05
"Manchester Yunayted"ning yangi egalaridan hisoblangan "Ineos" kompaniyasi rahbari Jim Retkliffning dastlabki qarorlaridan biri 300 nafar ish joyini qisqartirish bo'ladi.

Retkliffning fikricha, 1000 nafar ishchilar bazasi 25-30%ga qisqarishi mumkin. Angliyalik mutaxassis "Manchester Yunayted"ning hozirgi holatini tahlil qilib, yakuniy xulosa so'ragan, unga ko'ra, katta ko'lamda optimallashtirish doirasida 300 ishchi o'rini qisqartirishilishi mumkin. MYU rahbariyati, moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzmagan holda transferlarni amalga oshirish uchun, harajatlarni oshirib yubormaslik zarurligi haqida ogohlantirilgan. 

"Manchester Yunayted"ning 25% akciyasini sotib olgan Retkliff, unga 300 million dollar (237 million funt) pul kiritadi, ammo bu pullar jamoa tarkibini kuchaytirish uchun emas, klub infrastrukturasini yaxshilashga yo'naytiriladi.

71 yoshli Jim muxlislarga murojaat qilishga ham ulgurdi.

"Ishonamanki, biz klub tijoriy yo'nalishda erishgan muvaffaqiyatiga qo'shimcha sifatida, maydonda ham yutuqlarga erisha olamiz. Bu vaqt va sabrni, qatiylik va ishga professional munosabatni talab qiladi.

Siz "Manchester Yunayted"ning gullab-yashnashini istaysiz, biz ham aynan shu niyatdamiz. Sportda hech qachon biror narsaga kafolat berilmaydi va o'zgarishlar hamisha ma'lum vaqt talab etadi. Biz uzoqni ko'zlab qarorlar qabul qilishni istaymiz va "Manchester Yunayted"ni o'z o'rniga - ingliz, Yevropa va dunyo futboli cho'qqisiga qaytarishni xohlaymiz. Men bunga jiddiy kirishdim va masuliyatni his qilyapman".

Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" APLning 6-pog'onasini egallab turibdi. Kecha 19-tur doirasida "qizil iblislar" "Aston Villa"ni mag'lubiyatga uchrata olishdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: The Guardian