Reshford ushbu haftada mashg'ulotlarni davom ettirishni rejalashtirmoqda

Alisher
27 sen 2021, 17:37
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford tez orada mashg'ulotlarga qaytishga umid qilmoqda.

O'yinchi elkasida o'tkazilgan jarrohlik amaliyotidan so'ng tiklanishni davom ettirmoqda. Reshford 2021/22 yilgi mavsumda hali o'ynamadi.

"Baxtli dushanba. Juma kuni shifokor huzuriga maslahat olish uchun boraman.

Men bilan barchasi joyida, menga mashg'ulotlarni davom ettirish uchun yashil chiroq berishadi", - deydi Reshford.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/MarcusRashford