Reshford Sulsherning MYUdan ketganiga munosabat bildirdi

Aziz Tukhtamuradov
26 noya 2021, 08:41
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford Ole-Gunnar Sulsherning iste'foga chiqarilganiga o'z munosabatini bildirib o'tdi.

"MYU Olening qalbida, xech kim buni inkor qila olmaydi. U nafaqat biz, balki muxlislar tomonidan ham hurmatga loyiq. 

Men maydondaligimda muxlislarga gap faqat unda emas, barchamizda ekanligi haqida gapirganman. Bu muhim. Chunki, muxlislar aybni murabbiyga ag'darishadi. Ahir murabbiy futbolchi sifatida o'ynab bermaydiku. 

U bizni tayyorlaydi, biz esa uning ko'rsatmalarini bor kuchimiz bilan bajarishimiz kerak. Agar nimadir amalga oshmasa, murabbiyni ayblash noto'g'ri", - dedi Reshford. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC