Reshford MYU safida mavsumdagi 29-golini urdi. Bunaqasi Fergyuson davridan beri bo'lmayotgandi

Aziz Tukhtamuradov
28 apr 2023, 09:13
Markus Reshford "Tottenxem"ga qarshi o'yinda (2:2) gol urdi.

U 7-daqiqada Sanchoning goliga assist amalga oshirgan bo'lsa, 44-daqiqada o'zi gol urdi. 

25 yoshli angliyalik futbolchi klubi safida mavsumdagi 29-golini urdi. 

MYU safida so'nggi marotaba 2012/13 yilda Robin van Persi bir mavsumda shuncha gol urishning uddasidan chiqqandi. 2012/13 yili Aleks Fergyusonning so'nggi mavsumida van Persi 30 ta gol ura olgandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Statman Dave