Reshford faoliyatidagi eng yaxshi mavsumni o'tkazmoqda

27 dek 2019, 02:44
"Manchester Yunayted" futbolchisi Markus Reshford APL 19-turida "Nyukasl" darvozasini ishg'ol qildi.

Bu 22 yoshli hujumchining Angliya chempionati joriy mavsumidagi 11-goliga aylandi. Davom etayotgan mavsum Reshfordning faoliyatidagi eng yaxshisiga aylandi.

Angliya terma jamoasi hujumchisi APLning oldingi mavsumlarida qayd etgan natijalar bilan tanishing. 

APL-2016/2017 - 32 uchrashuvda 5 gol.

APL-2017/2018 - 37 uchrashuv 7 gol.

APL-2018/2019 - 33 uchrashuv 10 gol.

APL-2019/2020 - hozircha 19 uchrashuvda 11 gol.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta Sports