
Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Mansur Davletov "SA"ga xabar berdi. Yodingizda bo'lsa Bayramov bundan oldin Toshkentning "Istiqlol" klubi mashg'ulotlarida ishtirok etayotgandi. Lekin mahoratli o'yinchi ayni damda urganchliklarning o'quv-yig'in mashg'ulotlarida ter to'kmoqda. Davletovning aytishicha Renat klub lageriga 19 mart kuni kelib qo'ishlgan va hozirda u ko'rikdan o'tmoqda. Futbolchining bu yil "Xorazm" safida o'yinashi yaqin kunlar davomida aniq bo'lishi kutilmoqda.