Remsi yozda Italiya klubiga o'tadi, ammo "Inter"ga emas

Aslanov Jasurbek
24 dek 2018, 14:37
"Arsenal" yarim himoyachisi Aaron Remsi faoliyatini davom ettiradigan joy borasida bir qarorga keldi.

Oldinroq, uelslik "Inter"ga o'tishi e'lon qilingan edi. Ammo Sky Sport Italia nashrining yozishicha, Remsi joriy mavsum yakunlanganidan so'ng "Yuventus"ga o'tadi. Futbolchining yangi klubidagi yillik maoshi 10 mln. evro bo'ladi. Byankonerilar yarim himoyachini sotib olmasligi tufayli, uning maoshi shunday baland.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia