Remsi yana olti haftani o'tkazib yuboradi

Tolibjon Qosimov
31 yanv 2014, 15:27
"Arsenal" yarim himoyachisi Aaron Remsining qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum bo'ldi.
ITV xabariga ko'ra, uelslik futbolchi sonidagi jarohatining qaytalashi oqibatida olti hafta maydonga tusha olmaydi. Futbolchi dekabr oyi so'nggida jarohat olgandi, uni tuzatib qaytgandi. Ilk mashg'ulotdayoq uning jarohati qaytalagandi.

Remsi bu yilgi Angliya premer-ligasida 18ta o'yin o'tkazdi va 8ta gol urdi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru