Remsi 6 hafta maydonga tusha olmaydi

Aslanov Jasurbek
10 mar 2016, 12:12
"Arsenal" yarim himoyachisi Aaron Remsi "Xall Siti"ga qarshi Angliya Kubogi 1/8 final uchrashuvida jarohat oldi.

O'yin Kinston-apon-Xalleda bo'lib o'tdi va "to'pchilar"ning 4:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Tibbiy shtab futbolchining sonida jarohat aniqladi. Endi Remsi 6 haftani o'tkazib yuboradi.

"Xall"ga qarshi bahsda Per Mertezaker va Gabriel Paulistalar ham shikastlanishdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph