Reyna: "Napoli" barcha sovrinlarni qo'lga kiritsa, xursandchiligim to'liq bo'ladi

5 noya 2013, 18:07
"Napoli" darvozaboni Pepe Reyna italyan nashrlariga bergan intervyusida, ushbu mavsumda barcha sovrinlarni qo'lga kiritishni istayotganini ta'kidladi.
"Biz skudetto uchun kurshamiz. Hozircha "Roma" va "Yuventus"ni taqib qilishni uddalayapmiz. Bizda yangi jamoa, yangi murabbiy va yangicha o'yin uslubi mavjud. Yaxshilashimiz lozim bo'lgan jihatlar ham etarlicha. Ha, men hozirgi vaqtda hammasidan mamnunman, lekin agar barcha soqrinlarni qo'lga kiritsak, xursandchiligim to'liq bo'ladi", dedi ispaniyalik darvozabon.

Manba: championat.com