Rednapp: "Tottenxem" yaqin 3-4 yil ichida APL g'olibiga aylanadi"

Aslanov Jasurbek
18 fev 2017, 17:43
Mashhur ingliz mutaxassisi Garri Rednapp "Tottenxem"ning o'yiniga baho berdi.

"Pochettino qo'l ostida "Tottenxem" fantastik o'yin ko'rsatyapti. Menga bu o'yin uslubi yoqmoqda: Yorqin va tushunarli futbol, qanotlar faol. "Tottenxem" yaqin 3-4 yil ichida APL g'olibiga aylanadi.

Hozirgi tarkibga zaxira yetishmayapti. Pochettinoga 3-4 nafar kuchli futbolchi yetishmayapti, zaxirasiz sovrin qo'lga kiritish qiyin" - deydi Rednapp.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC Radio 5 Live