Rebichni to'xtatib bo'lmayapti

Mirjalol Normatov
23 fev 2020, 10:36
"Milan" forvardi Ante Rebich A Seriyaning 25-turi doirasida "Fiorentina" darvozasini ishg'ol qildi.

Bu xorvatiyalikning liganing so'nggi olti o'yinidagi oltinchi goli bo'ldi. Shuningdek, Ante barcha turnirlardagi so'nggi 4 o'yinning barchasida raqiblari darvozasiga yo'l topa olmoqda.

Qayd etish kerak, 26 yoshli hujumchi bunga qadar "Milan" uchun birorta gol ura olmagandi. Undan tashqari, Italiya kubogi doirasida "Yuventus" postini ishg'ol qilgandi.

U yozda "Ayntraxt"dan sotib olish huquqi bilan ijaraga olingandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal