"Real"ning yana bir futbolchisi jamoadan ketishga shama qildi

Mirjalol Normatov
2 iyun 2018, 21:14
"Real" yarim himoyachisi Mateo Kovachich "qirollik klubi"dan ketishiga shama qildi.

Unga yangi jamoasi borasida savol berilganida shunday javob berdi: "Keyingi mavsumda "Real"mi yoki boshqa jamoa tarkibidami farqi yo'q, ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istayman", - dedi Kovachich.

Bu mavsumda Kovachich "Real" tarkibida 36 uchrashuvda qatnashdi va 4 golga assistentlik qildi. Oldinroq Krishtianu Ronaldu ham jamoadan ketishga tayyorligini ma'lum qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca