"Real"ning "Atletiko"ga qarshi o'yin uchun qaydnomasidan Beyl va Azar o'rin olmadi

Mirjalol Normatov
31 yanv 2020, 21:27
"Real" LaLiganing 22-turi doirasida "Atletiko"ga qarshi o'yin uchun qaydnomani e'lon qildi.

Qayd etish kerak, Garet Beyl ushbu ro'yxatdan o'rin olmagan. Shuningdek, yaqindagina mashg'ulotlarga qaytgan Eden Azar ham tarkibda ko'rinish bermagan.

Rodrigo Goes, Nacho Fernandes va Braim Dias kabi futbolchilar ham qaydnomaga kiritilmagan.

darvozabonlar: Tibo Kurtua, Alfons Areolya va Diego Altube.

himoyachilar: Dani Karvaxal, Eder Militao, Serxio Ramos, Rafael Varan, Marselo va Ferlan Mendi.

yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Federiko Valverde, Xames Rodriges va Isko.

hujumchilar: Karim Benzema, Lukas Vaskes, Luka Yovich va Vinisius Junior.

Oldinroq Zinedin Zidan vinger Garet Beylning ketishini istamagani va uni rejalari kiritgani borasida gapirgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/realmadrid