"Real"dan navbatdagi yurish. Jamoa yetakchisi shartnomani uzaytirdi

Narzulla Saydullayev
17 iyul 2024, 18:05
Luka Modrich "Real" bilan kelishuvni uzaytirdi.

Madrid klubi 38 yoshli yarim himoyachi bilan shartnomani uzaytirdi. Yangi kelishuv 2025 yil yoziga qadar amal qiladi.

Xorvatiyalik futbolchi "Real"da 2012 yildan buyon o'ynamoqda. Madrid klubi safida u 26 ta sovrin yutdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia