"Real" Zidan borasida qaror qabul qildi

Alisher
20 mar 2020, 15:30
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan mavsum so'nggidagi natijasidan qatiy nazar iste'foga chiqarilmaydi.

Madrid klubi rahbariyati koronavirus pandemiyasi tufayli kelasi mavsum uchun rejalashtirishni oldindan bajarib bo'ldi.

Dastlab, madridliklar xo'jayinlari mavsum yakuniga qadar kutishni va Zidanning natijalariga qarab u to'g'risida qaror qabul qilishni rejalashtirishgan edi.

Ammo, endi har qanday holatda ham Zidan kelasi mavsumda "Real"ni boshqaradi va uning murabbiylar shtabi La Liganing 2020/21 yilgi mavsumi uchun tayyorgarlikni boshlashmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS