"Real" yarim himoyachisi yozda jamoani tark etmoqchi

Aslanov Jasurbek
26 mar 2018
"Real" yarim himoyachisi Markos Lorente joriy mavsum oxirida klubdan kyetishni rejalashtirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Lorente Zidan unga berayotgan o'yin vaqtidan norozi. Futbolchi ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqchi.

23 yoshli ispan uchun "Real Sosedad" va "Ayntraxt" qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o'tamiz, joriy mavsum Markos Lorente LaLiganing 10ta uchrashuvida maydonga tushdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As