"Real" yanvarda Ronalduning o'rniga "Barselona"ning sobiq futbolchisini xarid qilmoqchi

Aslanov Jasurbek
21 noya 2017, 11:08
"Real" klubi "Barselona" sobiq hujumchisi, hozirda "Arsenal" sharafini himoya qilayotgan Aleksis Sanchesni tarkibga taklif qilmoqchi.

Futbolchining "to'pchilar" bilan shartnomasi keyingi yilning yozida yakuniga etadi. Ispaniya chempionlari chililikning transferini qishda amalga oshirib, buning uchun 30 mln. evro ajratishmoqchi.

Ma'lum bo'lishicha, bu g'oya "Real" prezidenti Florentino Peresga ham yoqqan, Sanchesning o'zi esa Zinedin Zidan qo'l ostida ishlash haqida o'ylanib qolgan.

Aleksis Sanches harakat qiladigan joy Madrid klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduniki bilan bir xil. Oldinroq, Ronaldu "Real"ni tark etmoqchi ekanligini ma'lum qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tribal Football