"Real" yanvarda "Manchester Yunayted" futbolchisini xarid qilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
8 noya 2017, 16:00
"Real" keyingi yilning yanvar oyida "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Xuan Matani xarid qilmoqchi.

Ispaniyalikning mankunianlar bilan shartnomasi 2018 yilning yozida yakuniga etadi, shu sababli "qizil iblislar" o'z futbolchisini tekinga berishdan ko'ra sotishni maqul ko'rishi mumkin.

Mata "Real" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsum u Angliya chempionatining 8ta uchrashuvida maydonga tushdi va 1ta gol urdi. Oldinroq 29 yoshli futbolchiga "Manchester Siti" va "Valensiya" qiziqish bildirgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Express