

Bu haqda qirollik klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.
51 yoshli murabbiy klub bilan uch yillik shartnomaga imzo chekdi.
Shu paytgacha qirollik klubini boshqarib kelgan Zinedin Zidan may oyi oxirida o'z lavozimini tark etishini ma'lum qilgandi.
Lopetegi esa bu vaqtda Ispaniya terma jamoasi boshqaruvida jamoani JCH-2018 bahslariga tayyorlayotgan edi. Ammo Ispaniya futbol federatsiyasi rahbariyati murabbiyning“Real” bilan muzokaralar olib borayotgani haqida federatsiyaga ma'lum qilmaganidan norozi bo'lib, JCH arafasida uni iste'foga chiqargan edi. Lopetegi o'rnini Ispaniyaning o'tmishdagi mashhur futbolchisi Fernando Yerro egalladi.



