"Real" xavbeki bir nechta o'yinlarni o'tkazib yuboradi

Sherzod Nurmatov
16 sen 2024
Madridning "Real" jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Braim Dias Ispaniya Primerasining 5-turidan o'rin olgan "Real Sosedad" bilan o'yinda jarohat oldi, deb xabar bermoqda "Marca".

Uchrashuvning birinchi yarmi o'rtalarida 25 yoshli Dias almashtirildi. Tekshiruv natijasida uning son suyagida jarohat borligi aniqlangan. 



Taxminlarga ko'ra, yarim himoyachi keyingi ikki-uchta o'yinda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Braim Dias joriy mavsum "Real" safida 6 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca