"Real" Xames o'rniga Drakslerni xarid qilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
26 avg 2016, 11:17
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Volfsburg" yarim himoyachisi Yulian Drakslerga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, agar "qaymoqranglilar" yarim himoyachisi Xames Rodriges o'z klubini tark etsa, "Real" Germaniya terma jamoasi futbolchisini xarid qilishga urinib ko'radi.

Draksler o'tgan mavsum yakunlanganidan so'ng "Volfsburg"ni tark etmoqchi edi. ammo "bo'rilar" rahbariyati va murabbiylar shtabi bunga yo'l qo'ymadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: OK Diario