"Real" Vinisius bilan shartnomani 2028 yilga qadar uzaytirmoqchi

Alisher
21 may 2022, 10:17
"Real" hujumchi Vinisius Junior bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Yangi kelishuv 2028 yilga qadar mo'ljallangan bo'ladi.

Vinisiusning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Braziliyalik Madrid jamoasida 2018 yildan beri o'ynaydi.

Vinisius joriy mavsum barcha musobaqalarda 50ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol va 20ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Globo Esporte