“Real” va MYU bo'lajak transfyerda katta almashishni amalga oshirmoqchi

Aslanov Jasurbek
19 mar 2019, 23:10
The Sun​'nashrining tarqatgan xabariga ko'ra, Madridning “Real” hamda Angliyaning “Manchester Yunayted” klublari bo'lajak transfer oynasida bir-biri bilan futbolchi almashishni rejalashtirmoqda.

Agar jamoalar o'zaro kelishuvga erishsa, u holda “qizil iblislar” darvozaboni David de Xea “Real”ga, o'z navbatida “qaymoqranglilar” posboni Tibo Kurtua tumanli Albionga ko'chib o'tadi.

Transfermarkt’da De Xeaning transfer summasi 70 mln. evro ko'rsatilgan bo'lsa, Kurtua 5 mln. kamroqqa baholangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun