"Real" va "Liverpul"dan superalmashuv bo'lishi mumkin

Mirjalol Normatov
28 dek 2018, 19:42
"Real" rahbarlari "Liverpul"ga yil transferini amalga oshirishni so'radi.

"El Gol Digital" xabariga ko'ra, "qirollik klubi" "qizillar" hujumchisi Muhammad Salohni olib kelishni istamoqda. Madridliklar misrlik futbolchi uchun Marko Asensioni "Enfild"ga qo'yib yuborishga tayyor turibdi.

Aytilishicha, "blankos" prezidenti Florentino Peres 22 yoshli ispaniyalikning o'yinlaridan mamnun emas va uning jamoadan ketishini istamoqda.

Bu mavsumda Saloh "Liverpul" tarkibida 26 o'yinda qatnashib, 15 gol urdi va 7 golga assistentlik qildi. Uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilda yakunlanadi. Futbolchining transfer narxi 150 million evro qilib belgilangan.

Asensio esa bu mavsum "Real" tarkibida 25 o'yinda 4tadan gol va golli uzatmani amalga oshirdi. Uning transfer narxi 80 million evro atrofida baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: El Gol Digital