

Marca xabariga ko'ra, “qirollik klubi“ angliyalik futbolchining “Liverpul“ bilan shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish uchun 500 ming evro taklif qilgan.
Biroq inglizlarga birinchi taklif maqul kelmagan. Ular “Real“dan 1 million evro va Trent so'nggi oydagi maoshidan voz kechishini talab qilgan.
Eslatib o'tamiz, 26 yoshli futbolchining “Liverpul“ bilan tuzgan shartnomasi 30 iyunda yakuniga etadi. Klublar o'rtasidagi JCH esa 11 iyun kuni start oladi.



