"Real" Suares va Koutino uchun 100 million berishga tayyor
Tolibjon Qosimov
10 apr 2014, 12:33
Goal.com nashrining xabariga ko'ra, yozda Madridning "Real" klubi "Liverpul"ning ikki futbolchisini sotib olmoqchi.
"Qirollik klubi" Luis Suares va Filippe Koutinoga o'z e'tiborini qaratdi. Madridliklar ikkala futbolchi uchun jami 100 million evrodan ko'proq pul to'lashga tayyorlar.