“Real Sosedad” yarim himoyachilari yana jangga tayyor

Narzulla Saydullayev
2 okt 2013, 19:12
“Real Sosedad” klubi kelasi o'yinlarda jarohatidan tuzalib ulgurgan yarim himoyachilariga tayansa bo'laveradi.

Chempionlar ligasi 2-tur guruh bosqichi doirasida “Bayer”ga qarshi o'yin oldidan, sog'lig'i tufayli maydonga tusha olmagan Antuan Grizmann, Gorka Elustondo va David Surutusalar umumiy guruhda mashg'ulot o'tkazishgan, deb xabar beradi AS. Ular nemis klubiga qarshi bo'ladigan o'yinning dastlabki daqiqasidanoq maydonga tushishlari mumkin.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net