"Real Sosedad" Pablo Marin bilan yangi shartnoma imzolaydi

Sherzod Nurmatov
8 noya 2022, 15:18
Ispaniyaning "Real Sosedad" klubi futbolchi Pablo Marinni uzoq muddat tarkibida saqlab turmoqchi.

Yangi kelishuvga ko'ra, Marin 2027 yilga qadar San-Sebastyan jamoasi safida qoladi. Garchi u asosiy jamoa bilan 4 tagina o'yinda maydonda ko'rinish bergan bo'lsa ham 19 yoshli hujumkor yarim himoyachi klubning ayni paytdagi va kelajakdagi muhim istedodlaridan biri, deya etirof etilmoqda.

Ispaniya La Ligasida 2 ta va Yevropa Ligasida 2 ta o'yinda maydonga tushirilgan ispaniyalik futbolchi jami 179 daqiqa harakatlandi va 1 bor sariq kartochka bilan ogohlantirildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN