“Real” so'nggi 32 yildagi eng yaxshi natijani ko'rsatdi

Eldor Akmurzayev
5 yanv 2020, 19:55
“Real” La Liga joriy mavsum ilk davrasini 40 ochko to'plagan holda, 2 o'rinda yakunladi.

Faqatgina to'plar nisbatiga ko'ra, madridliklar bir xil ochkoga ega “Barselona”dan pastroqda turibdi. 

Shu vaqtga qadar, Zinedin Zidan shogirdlari chempionatda 12ta gol o'tkazib yuborishdi va bu borada 1987/88 mavsumdagi natijani takrorlashdi. 

Jamoaning asosiy posboni Tibo Kurtua 16 o'yinda qatnashib, 9 o'yinni quruq o'tkazdi. Zaxira kiperi Alfons Areolya esa 3 bahsning bittasida darvozasidan gol olib chiqmadi. 

Avvalgi mavsum “qirollik klubi” birinchi davrani 24ta gol o'tkazgan holda tugatgan edi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: As