"Real" sobiq futbolchisi: "Neymar - buyuk futbolchi, u "Real"ga ko'nikib ketgan bo'lardi"

Aslanov Jasurbek
6 fev 2018, 11:09
"Real" sobiq hujumchisi, hozirda "Lion" safida to'p tepayotgan Mariano Dias PSJ forvardi Neymar "Qirollik klubi"da o'ynab ketishiga ishonch bildirdi.

"Neymar - buyuk futbolchi va "Real"ga yaxshi ko'nikib ketgan bo'lardi. Albatta, u uchun katta pullar to'lashdi, biroq u superyulduz ekanligini isbotlamoqda" - deydi Mariano.

Neymar joriy mavsum oldidan 222 mln. evro evaziga "Barselona"dan PSJga o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS