"Real" safida yana bir jiddiy yo'qotish

Omonjon To`xtamirzayev
29 apr 2021, 17:05
"Qirollik klubi" bu mavsum ayniqsa jarohatlardan aziyat chekmoqda.

Zinedin Zidan deyarli har o'yinda maydonga tusha oladigan futbolchilardan kelib chiqib, tarkib tuzmoqda. Va yaqindagina safga qaytgan asosiy tarkib vakili, o'ng qanot himoyachisi Dani Karvaxal yana jarohat oldi hamda mavsum oxirigacha safdan chiqdi. 

Eslatib o'tamiz, "Real" La Ligada chempionlikdan umidini uzmagan va YCHL yarim finalida "Chelsi"ga qarshi maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia