"Real" "Roma"ga Spinaccolani Mayoralga almashishni taklif qildi.

Alisher
18 iyun 2021, 08:16
Chap qanot himoyachi Leonardo Spinaccola "Roma"dan ketishi mumkin.

Italiyalik futbolchiga "Real" qiziqish bildirmoqda.

Klub vakillari uchrashishdi va madridliklar tashabbusi bilan "Roma" ijaraga olgan forvard Borxa Mayoralni Spinaccola bilan almashishni muhokama qilishdi.

Qayd etish kerakki, himoyachini "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yuqori baholaydi.

28 yoshli Spinaccola o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 27ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: As