"Real" Rodrigoning narxini ma'lum qildi

Alisher Ostonov
13 iyul 2025
Madridning "Real" klubi braziliyalik vinger Rodrigo uchun narx belgiladi.

Bu haqda jurnalist Nikolo Skira yozmoqda.

Qayd etilishicha, madridliklar futbolchini 120-130 mln evroga qo'yib yuborishga tayyor. Rodrigoga APLning nomi oshkor etilmagan ikki klubi qiziqish bildirgan.

"Real" klublar o'rtasidagi jahon chempionatida PSJga mag'lub bo'lib (0:4), turnirni tark etdi. Rodrigo turnirda uchta o'yin o'tkazdi (92 daqiqa) va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/NicoSchira