"Real" Rodri uchun "Manchester Siti"ga 115 million evro taklif qilmoqchi

Sherzod Nurmatov
24 iyul 2025, 18:16
Madridning "Real" klubi yozda ispaniyalik yarim himoyachi Rodrining transferi uchun "Manchester Siti"ga 115 million evro taklif qilishga tayyor.

Manba bergan xabarga ko'ra, Klublar o'rtasidagi jahon chempionatining nimchorak finalida PSJdan uchralgan 0:4 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng Xabi Alonso Madrid markaziy chizig'ini kuchaytirish zarur degan xulosaga kelgan. "Real" bosh murabbiyi Rodrini bu vazifa uchun ideal nomzod deb hisoblamoqda.

"Oltin to'p" sohibi o'tgan mavsum tizzasining xochsimon bog'lami uzilgani sababli APLda bor yo'g'i 3 ta o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun