"Real" rahbariyati muxlislarga murojaat qildi

15 iyul 2020, 00:15
Madridning "Real" klubi rahbariyati jamoa muddatidan oldin chempionlikni qo'lga kiritadigan bo'lsa, muxlislardan Plaza de Cibeles maydoniga to'planmaslikni so'radi.

Bu haqida "Qirollik klubi" rasmiy sayti xabar qildi. Mamlakatda koronavirusga qarshi kurash davom etayotgan bir paytda o'n minglab kishilarning bir erga to'planishi yomon oqibatlarga olib kelishi mumkinligi etirof qilingan.

Ma'lumot uchun, "Real" 16 iyul kuni (La Liga, 37-tur) "Vilyarreal"ni mag'lub qilsa Yoki "Barselona" "Osasuna"ga qarshi bahsda ochko yo'qotsa, "qaymoqranglilar"ning chempionligi kafolatlanadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca