"Real" rahbariyati Ikardi transferini muhokama qiladi

Aslanov Jasurbek
28 mar 2019, 17:10
"Real" rahbariyati "Inter" hujumchisi Mauro Ikardining transferi borasida majlis o'tkazadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, yig'ilish bugun, 28 mart kuni bo'lib o'tadi.

Ikardi shartnomasida belgilangan tovon puli 110 mln. evro va faqat Italiyadan bo'lmagan klublar uni bu narxda 1dan 1iyul orasida xarid qilishi mumkin. Oldinroq, forvard 50-90 mln. evroga klubni tark etishi mumkinligi e'lon qilingan edi.

26 yoshli Ikardi 2013 yilning yozida "Sampdoriya"dan "Inter"ga o'tgan edi. Transfer 13 mln. evro evaziga amalga oshgan. Argentinalik joriy mavsum A Seriyaning 20ta uchrashuvida maydonga tushib, 9ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: beIN Sports