"Real" qishki transferlardan kamida 50 mln evro ishlab olmoqchi

Оқил Абдубарноев
3 yanv 2022, 19:25
Madridning "Real" klubi yanvar oyida jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelottining rejalariga kiritilmagan futbolchilar uchun ulkan miqdordagi savdo tashkil qilmoqchi.

Manbaning xabariga ko'ra, ispanlar agar o'z klubini o'zgartirmoqchi bo'lsa, Garet Beyl, Isko va Marselo transferidan kamida 50 million evro ishlab olishni rejalashtirmoqda. Qayd etilishicha, "Real" bu pulni yozgi transfer oynasi uchun asramoqchi.

Hozircha "qaymoqranglilar" Kilian Mbappeni qo'lga kiritish uchun etarli mablag'ga ega, ammo klub prezidenti Florentino Peres Erling Xoland bilan shartnoma tuzishni xohlaydi, uning uchun ham katta mablag' kerak bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: El Nacional