"Real" qishda A Seriya hujumchisiga qiziqish bildirgan, ammo Zidan transferga rozi bo'lmagan edi

Aslanov Jasurbek
24 mar 2018, 13:41
"Real" yanvardagi transfer oynasida "Roma" hujumchisi Edin Jekoni xarid qilmoqchi bo'lgan.

Biroq Madrid klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan ushbu transferga rad javobini bergan.

Qishda bosniyalikka "Chelsi" ham qiziqish bildirgan edi, keyin "Real" varianti paydo bo'ldi, ammo ikki klub forvardga zaxira hujumchisi bo'lishni taklif qilgan.

Natijada Jeko "Roma"da qolishga qaror qildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca