"Real" Pogba borasida taklif tayyorlamoqda

Mirjalol Normatov
10 noya 2019
"AS" xabariga ko'ra, "Real" "Manchester Yunayted" futbolchisi Pol Pogba borasidagi g'oyalarini so'ndirmoqchi emas.

"Real" bir necha bora bo'lgan omadsiz urinishlardan so'ng ham fransiyalik borasida yangi taklif tayyorlamoqda.

Aytilishicha, "galaktikos" rahbariyati 80 million evro hamda Xames Rodrigesni mankunianliklarga taklif qilmoqchi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yozda MYU o'z futbolchisini 165 million evroga ham sotmagandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS