"Real" Pogba bilan bo'ladigan bitimga Iskoni ham qo'shishni rejalashtirmoqda

Alisher
16 noya 2019, 18:01
"Real" Fransiya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba bilan shartnoma imzolashga urinishda davom etadi.

Xabarlarga qaraganda, Madrid klubi rahbariyati Pogbani jamoaga olib kelish uchun bitimga 27 yoshli ispaniyalik xavbek Iskoni ham qo'shishga tayyor turibdi.

Pogba hali hanuz "Old Trafford"dan ketish niyatida. "Real" esa fransiyalik futbolchi uchun asosiy da'vogarlardan bo'lib turibdi.

Bundan tashqari "Yuventus" ham Pogbaning xizmatlariga ehtiyoj sezmoqda. Turin klubining portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu ham Pogbaning klubga qaytishiga rozi bo'lgan.

Pogba joriy mavsum MYUda 5ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Desmarque