"Real" o'z tarbiyalanuvchisining qaytganini e'lon qildi

Khoja
15 iyul 2025, 08:19
"Real Madrid" yana bir transferni yakunladi.

Jamoa "Benfika"ning 22 yoshli himoyachisi Alvaro Karrerasni 50 million evroga sotib oldi. Shartnoma 2031 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Alvaro Karreras "Real" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2020 yilda tekinga "Manchester Yunayted"ga ko'chib o'tgandi. O'tgan yilning yozida esa Manchestyerdan "Benfika"ga 6 million evroga o'tgan. 

O'tgan mavsumda Karreras barcha musobaqalarda 52 ta o'yinda ishtirok etib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 35 million evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: realmadrid.com