"Real" Neymar uchun navbatdagi taklifni berdi: Isko va 111 mln funt

Alisher
22 noya 2020, 11:24
"Qaymoqranglilar" braziliyalik futbolchi uchun "Barselona" bilan raqobatga kirishmoqda.

"Real" PSJ hujumchisi Neymar borasida yangi taklif tayyorladi. Bu safar Madrid grandi 28 yoshli braziliyalik futbolchi uchun Isko va 111 million funt to'lashga tayyor.

Eslatib o'tamiz, o'yinchiga shuningdek "Barselona" ham da'vogarlik qilmoqda.

Hujumchi joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 5ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Express