"Real" nega Beylni sotmoqchi ekanligi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
10 apr 2019
"Real" yozgi transfer oynasida uelslik hujumchi Garet Beyl bilan xayrlashishni reja qilgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining boshqa klubga o'tishiga klub Beyl uchun so'raydigan mablag' va o'yinchining maoshi halaqit qilishi mumkin.

Garetning o'zi kelasi mavsumni Madridda o'tkazishga qarshi emas, ammo u "Real" transferga tayyorlanayotganini yaxshi biladi. Hozircha uelslik borasida takliflar kelib tushmadi. Ma'lum bo'lishicha, "Qirollik klubi" muxlislar, jurnalistlar va "Real"ning bazi vakillari futbolchiga ishonmay qo'ygani tufayli Garetni sotmoqchi. Tibo Kurtua Beyl jamoaning tushliklariga kelmayotganidan norozi.

Joriy mavsum Beyl "Real" safida 38ta uchrashuvda maydonga tushib, 14ta gol urdi va 5ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS