"Real" Navasning iltimosini rad etdi

Eldor Akmurzayev
11 iyun 2019
Kosta-Rikalik posbon Keylor Navas Realni tark etishni xohlamoqda.

Navas jamoadan erkin agent sifatida, hech qanday transfersiz ketmoqchi. Biroq, qaymoqranglilar rahbariyati bunga qarshi chiqmoqda. 

32 yoshli kiperning madridliklar bilan shartnomasi 2021 yilga qadar mo'ljallangan bo'lib, Navas klub tomonidan qolgan ikki mavsum uchun mablag' to'lab berilishi va keyin uni qo'yib yuborishlarini xohlagan.

Qayd etilishicha, rahbariyat Keylor Navasni 20 mln. evrodan kamiga sotmaydi. Avvalroq, unga MYU hamda PSJ qiziqayotgani haqida xabar bergandik.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca