"Real" muxlislari uchun noxush xabar

Aslanov Jasurbek
25 sen 2018, 18:23
"Real" yarim himoyachisi Isko jamoaning navbatdagi bir nechta uchrashuvida "Qirollik klubi"ga yordam bera olmaydi.

Ispaniyalik futbolchining ko'richagida muammo paydo bo'ldi va yaqin soatlar ichida u operaciya qilinadi. Isko yaqin bir oy ichida maydonga tushmaydi.

Agar taxminlar o'z tasdig'ini topsa, xavbek 28 oktyabr kuni "Barselona"ga qarshi bo'ladigan uchrashuvgacha safga qaytadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca