"Real" muxlislari "El Klasiko" oldidan "Barselona" pul to'lagan Negreyra ishi bo'yicha norozilik namoyishini o'tkazishdi

Administrator
3 mar 2023, 00:22
Madriklik muxlislar "Barsa" prezidentining surati tushirilgan banknotalarni ko'chalarga sochishdi.

Birozdan so'ng "Barselona" va "Real Madrid" o'rtasida Ispaniya kubogi yarim final uchrashuvi o'tkaziladi. O'yindan oldin "Real" muxlislari "Barselona" pul to'lagan hakamlar qo'mitasi rahbari  bo'lmish Negreyra ishi bo'yicha norozilik namoyishini o'tkazishdi. "Real Madrid" muxlislari ushbu namoyishda "Barsa" prezidenti Joan Laporta surati tushirilgan banknotalarni sochib, "federatsiyada korrupsiya" deb baqirib yurishdi. 

Oldinroq, Kataloniya klubi 2016-2018 yillarda o'sha payt hakamlar qo'mitasi vice-prezidenti bo'lgan Xose Mariya Enrikes Negreyrega 1,4 mln. evro o'tkazib bergani aytilgan edi. Klubdagilar bu to'lov yosh futbolchilar hisoboti va hakamlik uchun amalga oshirilgan deyishdi. Keyin "Barselona" Negreyrega 2003 yildan beri umumiy 4,7 mln. evro to'lagani ma'lum bo'ldi. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: https://twitter.com/GuillerRai